Gumanitar fanlar

«Gumanitar fanlar» kafedrasi mudiri,

Oʻljayeva Shoxista Mamajonovna

tarix fanlari doktori, professor 

Теl.:  +99871-237-46-65

Email: sh.uljayeva@tiiame.uz 

 

       


1934 yilda TIQXMMIda tashkil topgan kafedralar tarkibida ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘z faoliyatini boshlagan.1964 yil dekabr oyidan boshlab ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi bazasida “Tarix”, “Falsafa”, “Jamiyatshunoslik” kafedralari tashkil topgan.Tarix kafedrasinitarix fanlari nomzodi, dotsent N.Sh.Inoyatov 1970-1980 yillarda, dotsent E.H.Yerzin 1980-1990 yillarda, Falsafa kafedrasining mudiri lavozimida birinchi bo‘lib (1964 yildan boshlab) A.K.Afanasev, Jamiyatshunoslik kafedrasiga dotsent F.G.Malaxin 1971-1976 yillarda mudirlik qilgan.Milliy mustaqilligimizning dastlabki yilidan boshlab to 2004 yil sentyabriga qadar institutda «O‘zbekiston tarixi», «Falsafa» va «O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» kafedralari faoliyat olib borib.2004 yil oktyabrda bu kafedralar birlashtirilib«Gumanitar fanlar» kafedrasi tashkil etilgan. Kafedrada ijtimoiy gumanitar yo‘nalishidagi barcha fanlar o‘qitiladi va ular bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib boriladi. Kafedra professor – o‘qituvchilari “O‘rta Osiyoda irrigatsiya tizimining shakllanishi va rivojlanish tarixi” va “Globallashuv jarayonida ma’naviy-axloqiy tahdidlarning namoyon bo‘lish xususiyatlari” mavzulari bo‘yicha davlat byudjet hisobidan ilmiy – tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Kafedra o‘quv va ilmiy tadqiqot faoliyatini rivojlantirish maqsadida turdosh oliy o‘quv yurtlaridan O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Davlat Pedagogika universiteti, Toshkent Davlat Agrar universiteti va O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi “Tarix instituti” bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Kafedra institut qoshidagi Yunusobod va Inter xaus akademik litseylari bilan uquv amaliy ishlarni tashkil etish bo‘yicha faoliyat olib boradi. Kafedrada o‘qitiladigan fanlar xususiyatidan kelib chiqib, institut va talabalar turar joylaridagi o‘tkaziladigan barcha ma’naviy - ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, o‘tkazishda kafedra professor–o‘qituvchilari doimiy tarzda faoliyat olib bormoqdalar. Bugungi kunda kafedrada jami 18 ta ya’ni: 4 nafar professor, 3 nafar dotsent, 5 nafar katta o‘qituvchi, 6 nafar assistentlar faoliyat olib bormoqda.Hozirgi vaqtda kafedra jamoasini tarix fanlari doktori, professor Sh.O‘ljayeva boshqarib kelmoqda.

Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar