Magistratura yo'nalishlari

70812307 – Suv resurslaridan mukammal foydalanish va boshqarish magistratura mutaxassisligi

Suv xo‘jaligi sohasidagi mutaxassislik  bo‘lib, u xalqaro tajribalarga muvofiq suv resurslaridan mukammal foydalash va ularni boshqarish, oqava suvlarni tozalash va atrof muhit muhofazasiga oid fanlarni o‘qitish; O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi  va uning tasarrufidagi tashkilotlar, Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat boshqaruvi organlari istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.

 

70710401- Atrof muhit muhofazasi (qishloq va suv xo‘jaligida) magistratura mutaxassisligi

iAtrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, xujalik ob’ektlarining rejalashtirilayotgan faoliyatlarini atrof muhitga ta’sirini baholash, tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni xuquqiy tartibga solish, yer, suv  va havo, o‘simlik va hayvonot dunyosi, yer osti va usti boyliklarini ifloslanishidan muhofaza qilish, ifloslanishni oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqish.

70710406  – Chiqindilarni boshqarish

Ekologiya va atrof muhit muhofazasi sohasidagi mutaxassislik  bo‘lib, Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida ekologiya, atrof muhit muhofazasi va biotexnologiyasiga oid fanlarni o‘qitish; O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi va uning tasarrufidagi tashkilotlar va ilmiy-tadqiqot instituti, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi  va uning tasarrufidagi tashkilotlar, Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat boshqaruvi organlari istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutasaddilik kobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.