Tarixi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 10 dekabrdagi PQ-42 “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori, universitet Boshqaruv  Kengashi  yig'ilishining 2022-yil 10-iyundagi  3-son bayonida  belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda “Ekologiya va huquq” fakulteti 2022 yil 30 dekabrda tashkil etildi. Bugungi kunda fakultetda 2 ta mutaxassis chiqaruvchi va 1 ta ijtimoiy fanlar kafedralari mavjud bo‘lib, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, yurisprudensiya (yer munosabatlari va transchegaraviy suv muammolari) hamda filologiya sohasida raqobatbardosh kadrlar tayyorlab kelmoqda.