Bakalavriatura yo'nalishlari

Ta’lim kodi

Ta’lim yo‘nalishi

Ta’lim yo‘nalishi haqida

60710400

Ekologiya va atrof muhit muhofazasi (suv xo'jaligida)

Ekologiya va atrof – muhit muhofazasi sohasidagi ta’lim yo‘nalish bo‘lib, Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida ekologik, atrof-muhit muhofazasi va biotexnologiyasiga oid fanlarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat Qo‘mitasi va uning tasarrufidagi boshqarmalar, markazlar, davlat unitar korxonalari, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirliklari va ularning tasarrufidagi tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat boshqaruv organlari istiqbolini belgilashga, kasbiy ko‘nikmaga, mutasadilik qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.

60812900

Suv ta’minoti muhandislik tizimlari

Fan, ishlab chiqarish va xizmat korsatish sohasidagi talim yonalish bolib, suv xojaligi, turli suv bilan taminlanganlik sharoitlarida aholi yashash joylari va ishlab chiqarish punktlarini talab darajasidagi suv bilan taminlovchi injenerlik tizimlari, inshootlari va tadbirlarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish, suv sifatini yaxshilash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, suv va boshqa resurslardan unumli foydalanish bilan bogliq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

60230100

Filologiya va tillarni o'qitish

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari, davlat boshqaruvi organlari, ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasb ta’limining davlat va nodavlat muassasalarida kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

60420100

Yurisprudensiya (er munosabatlari)

“Huquq” ta’lim sohasiga oid yo‘nalish bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, sud, prokuratura, adliya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari, advokatlik tuzilmalari, notariat idoralari, tashqi iqtisodiy va siyosiy sohalardagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar, yer resurslarini boshqarish organlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari, shuningdek boshqa tijorat va notijorat tashkilotlarida yuridik faoliyat sohalarini qamrab oladi.

60420100

Yurisprudensiya (transchegaraviy suv munosabatlari)

Huquqtalim sohasiga oid yonalish bolib, u Ozbekiston Respublikasida davlat va xojalik boshqaruvi organlarida, sud, prokuratura, adliya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari, advokatlik tuzilmalari, notariat idoralari, suv resurslari bilan bogliq tashqi iqtisodiy va siyosiy sohalardagi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat idoralari, xalqaro tashkilotlar, suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanishni tashkil etuvchi hamda amalga oshiruvchi davlat idoralari, Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlari, shuningdek boshqa tijorat va notijorat tashkilotlarida yuridik faoliyat sohalarini qamrab oladi.