Amaliyot xisoboti

Fakultetdagi ta’lim yo‘nalishlarida o‘quv–tanishuv, o‘quv, ishlab chiqarish va bitiruv oldi malakaviy oldi amaliyoti rejalashtirilgan. 1–kursdagi o‘quv – tanishuv amaliyotida SXMIM va HFX ta’lim yo‘nalishi talabalari TIQXMMI mutaxassislik kafedralari bazasida o‘tkazildi. Amaliyot davrida sohaning yetakchi korxonalari va tashkilotlariga tashrif buyurildi. SXMIM ta’lim yo‘nalishi 2–kursda ta’lim olayotgan 216 nafar talabalarning “Meliorativ va qurilish mashinalarini boshqarish” o‘quv amaliyoti TIQXMMI o‘quv ilmiy bazasida GIM kafedrasida mavjud traktor va meliorativ qurilish mashinalari va “O‘zmeliomashlizing” DUK tomonidan taqdim etilgan CaseNewHolland kompaniyasining meliorativ va qurilish texnikasidan foydalanilgan holda jami 11-postda tashkil etildi. Amaliyot yakunida V klass operator-mashinist guvohnomasi berildi. Joriy o‘quv yilida 3-kurs 214 nafar talabalari ishlab chiqarish amaliyoti O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi “O‘zsuvqurilishta’minot” birlashmasi tarkibidagi suv xo‘jaligi qurilishi va yerlarni meliorativ ishlarni mexanizatsiyalashgan ishlarni bajarishga ixtisoslashgan Davlat unitar korxonalari, IP OOO “Amkodor-Tashkent», “Suvmash” AJ, “O‘zmeliomashlizing” DUK, “Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikalari” zavodi, Toshkent agregat zavodlari, Chirchiq-Ohangaron ITHB da tashkil etildi.