Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash fakulteti 3-bosqich talabalari, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi irrigatsiya va melioratsiya obyektlaridagi amaliyotning 2-bosqichida. Oliygohda amaliyot darslarida olingan bilimlar o`z samarasini bermoqda. Ayniqsa Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash kafedrasiga tegishli bo`lgan E-o`quv binosidagi simulyatorlar ustida bajarilgan amaliy mashg`ulotlar. Talabalar ishlab chiqarish amaliyotida kanallarni tozalash va tiklash ishlarida o`z xissalarini qo`shmoqdalar. Har bir talaba o`zlari ekskavatorlarni boshqarib shu bilan birga bir sikldagi ish unumdorligi va bir smenadagi ish unumdorliklarini hisoblab chiqishdi. Natija esa ishlar shu zaylda davom etsa loyihada ko`rsatilgan vaqtdan ham avvalroq belgilangan ishlar nihoyasiga yetishi mumkinligi ma`lum bo`ldi.
Talabalar bilimlarini boyitish va yanada gidromeliorativ texnikalarga bo`lgan qiziqishlarini orttirish maqsadida GIM kafedrasi stajer o`qituvchilari Muzaffar Xobo`tayev va Furqat Yusupovlar tomonidan gidromeliorativ texnikalar kuch qurilmalari(dvigatellar), transmissiyasi va boshqaruv qurilmalari haqida qo`shimcha ma`lumotlar berib borilmoqda.Talabalaringgiz yetarli bilimga ega ekanlar, qiziqishlari ham yuqori va bu institutlaringizdagi darslar sifati yuqori ekanligidan dalolat deydi ekskavator boshqaruvchisi Bahodir aka.
Yotoqhonada talabalarning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish maqsadida shaxmat va shashka to`garaklari tashkil etilgan. Amaliyotdan qaytganlaridan so`ng ushbu talabalarimiz shaxmat va shashka bo`yicha Respublika bosqichlarida institutimiz shanini himoya qilib yuqori o`rinlarni qo`lga kiritsalar ajabmas. Amaliyot davom etmoqda…