5A450301 – Gidromeliorativ ishlarini mexanizatsiyalash |
Oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish; O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va tasarrufidagi tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va suv xo‘jaligi bo‘yicha tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat boshqaruvi organlari, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, sug‘orish tizim boshqarmalari, suv qurilishi, mulkchilik shaklidan qatt’i nazar turli xil shakldagi mulk, sanoat va biznes tashkilotlar majmui magistrlar kasbiy faoliyatining sohalari hisoblanadi. |
5A640101 - Mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar xavfsizligi |
iqtisodiyot tarmoqlarida xavfsiz va sog‘lom ish sharoitini yaratish, insonlarning xavfli vaziyatlarda, favqulodda holatlarda xarakatini rejalashtirish, tabiiy va texnogen tusdagi ofatlar vaqtida ulardan saqlanish vositalari va texnologiyalarini takomillashtirish, mehnat muhofazasi masalalarini muvofiqlashtirishga qaratilgan meyoriy huquqiy bazalarni yaratish, texnologik jarayonlarda texnik vositalardan foydalanish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar yaratish hamda texnologik jarayonlarda texnika xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi. |