“Islom Karimov – istiqlol asoschisi” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir.
26 yanvar kuni 2-TTJ da Gidromelirativ ishlarni mexanizatsiyalash fakulteti Gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan “Islom Karimov – istiqlol asoschisi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoevning “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi hamda “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘anievich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorlari ijrosini ta’minlash, xalqimizning mustaqillik yillarida erishgan barcha olamshumul yutuq va natijalari Birinchi Prezidentimiz faoliyati bilan uzviy bog‘liq ekanligini, Islom Karimov nafaqat O‘zbekiston, balki jahon miqyosida ham katta hurmat va obro‘-e’tibor qozongan ulkan shaxs hamda arbob bo‘lganini keng jamoatchilik, ayniqsa, yoshlarga etkazishga qaratildi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Vatanimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tikladi. Istiqlolimiz asoschisi g‘oyat qaltis va tahlikali bir vaziyatda og‘ir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda O‘zbekistonni jadal va barqaror sur’atlar bilan rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirdi.
Shu boisdan, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov bugungi jadallik bilan rivojlanayotgan dunyoda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan barcha jarayonlarnining kelajakka bo‘lgan ta’sirini oldindan aniq tahlillar asosida belgilab beruvchi, nafaqat o‘z millati va butun Markaziy Osiyo xalqlarining ertangi farovon kunlarga bo‘lgan ishonchini belgilovchi, dunyo etakchilari orasida birinchilardan bo‘lib insoniyatni bugungi kunda asr vabosi deya atalayotgan terorizm, ekstiremizim, giyohvadlik kabi illatlar ta’siridan ogohlantirgan buyuk simo edi.
Shu bilan birga, Islom Karimovning mamlakatimizda demokratik huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlari va bevosita tashabbuslari bilan milliy parlamentarizmga va ko‘p partiyaviylik tizimiga asos solindi. 25 yil davomida ushbu sohaning huquqiy asoslari yaratilib, parlament va siyosiy partiyalarning jamiyatda, fuqarolarning hayotida tutgan roli oshdi.
Tadbirda so‘z olgan Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash fakulteti Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari, Gumanitar fanlar kakfedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning davlatchiligimiz tarixida tutgan o‘rni, mamlakatimiz mustaqillikni qo‘lga kiritishi va barqaror rivojlanishiga, jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashiga qo‘shgan beqiyos hissasi hamda buyuk davlat va siyosat arbobi sifatidagi faoliyati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Ro‘ziboev