“Fuqaro muhofazasi” institutida

“Hayot faoliyati xavfsizligi” yo‘nalishi 209 guruh talabalari 5 noyabr kuni Favqulodda vaziyatlarda qo‘llaniladigan zamonaviy jihozlar bilan yaqindan tanishish va sohaga doir yangi texnologiyalarni o‘rganish maqsadida guruh rahbari Mirhosilova Zulfiya hamda “Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi” fani o‘qituvchisi Saidxo‘jaeva Nafisa boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi qoshidagi “Fuqaro muhofazasi” institutiga bordilar.

U yerda “Fuqaro muhofazasi” instituti Simulyatsiya markazi boshlig‘i podpolkovnik O‘.Nazarov va institut katta o‘qituvchisi L.Galimova talabalarga zilzila haqidagi ko‘nikmalarini oshirish bilan bir qatorda yangi ma’lumotlarga ham ega bo‘ldilar. Ushbu institutda Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan “Zilzila semulyatori”da zilzila paytida harakat qilish chora-tadbirlari borasidagi bilimlarini sinab ko‘rishdi. Tarixdan ma’lum bo‘lgan zilzila talofatlari haqida ko‘plab ma’lumotlar berildi.

     Hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi o‘qituvchilari N.Saidxujayeva va Z.Mirxasilovalar axboroti

  Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov