Gidromexanizatsiya vositalarini tanlash, ish unumdorliklari, kerakli sonini hisoblash

“Gidromelioratsiya ishlarini tashkil etish va texnologiyasi” kafedrasi assistenti Atajanov Adiljan Usenovichning “Gidromelioratsiya ishlarini tashkil etish va texnologiyasi” fanidan SXMIM-406 guruh talabalariga “Gidromexanizatsiya vositalarini tanlash, ish unumdorliklari, kerakli sonini hisoblash” mavzusidagi “ochiq amaliy mashg‘uloti” bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzada kafedra professor-o‘qituvchilari shtirok etishdi. O‘qituvchi avvalo, talabalarga Gidromexanizatsiya atamasini quyidagicha tushintirib berdi: gidromexanizatsiya - yer qazish ishlarini suv yordamida bajarishdan iborat bo‘lib, bunda barcha texnologik jarayonlar - gruntni qazish, uni olib ketish va joylash-kompleks mexanizatsiyalashgan va bir vaqtning o‘zida uzluksiz bajariladi. Bu usul bilan to‘g‘onlar, dambalar, kanallar, suv xavzalari va suv omborlari, suv osti kotlovan iva xandaklar, shosse va temir yo‘l polotnolari quriladi, daryo, kanal va suv xavzalari chuqurlashtiriladi, ular orqali turli xil kommunikatsiyalar olib o‘tilganda ularning qirg‘og‘i qirqiladi, qurilish ishlari uchun qum va shag‘al qazib olish ishlarida keng qo‘llaniladi. Shundan so‘ng, dars o‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasiga asosan tartib asosida o‘tkazildi.

O‘quv-uslubiy boshqarma uslubchisi Maftuna Tosheva axboroti