Imkoniyat va imtiyoz

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va “Amkodor-Toshkent” MCHJ shaklidagi Oʻzbekiston - Belorusiya korxonasi bilan uzoq muddatli 01.02.2018 shartnomasi asosida, korxona hozirgi kunda “Gidromeliorativ ishlarini mexanizatsiyalash” kafedrasida taʼlim olayotgan talabalarga oʻz bilimlarini amaliyot bilan birgalikda koʻnikmalar hosil qilishida katta imkon berdi.

Korxonada talabalar uchun dars olib borish xonalari, amaliyot darslari uchun ochiq garaj tashkil qilingan. Shu asosda “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” kafedrasi “Qurilish mashinalari va jihozlari” fanidan “Yer qazish tashish mashinalarining tuzilishini va ishlash jarayonlarini oʻrganish” mavzusida 26-mart kunida laboratoriya mashgʻuloti assistent Kannazarova Z.T. “GIM” fakulteti SXMIM yoʻnalishi 303 -guruh talabalari bilan olib borildi.

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov