Ichki tartib qoida barchaga foyda

Rivojlanishning asl qonuni bu tartib va intizomdir. Unga rioya etish qat’iy talab hamda majburiyat burchidan kelib chiqadi. Unga amal qilish foydadan xoli emas. Odobli, bilimdon, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir. Ushbu hikmat va haqiqatlar ayni damlarda har qachongidan ham muhim bo‘lib bormoqda. GIM fakulteti xotin-qizlar kengashi rahbari B.Mamadaminova va kengash a’zolari M.Xakimova va N.Raxmonberdievalar tomonidan 2021- yil 5-fevral kuni 2-sonli TTJqizlar bilan “Talabalar turarjoyi ichki tartib qoidalari” to‘g‘risida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbati qizg‘in bahs - munozaralarga boy bo‘ldi. O‘tkazilgan davra suhbatidan ko‘zlangan maqsad talabalar turar joyida yashovchi qizlarning kiyinish, muomala madaniyati, hamda shaxsiy va umumiy gigiena haqidagi bilimlarini kengaytirishdir.

O‘ylaymizki, ushbu tadbir ularning harakati va faoliyatida asqotib qolmasdan, balki talabalar orasidagi ona yurtga, o‘zi ta’lim olayotgan muassasa va bir-biriga nisbatan daxldorlik tuyg‘usini oshirishga ham xizmat qiladi. Demakki, bu vazifa burchdorlikning belgisidir.

TIQXMMI matbuot xizmati