O'qitiladigan fanlar

Bakalavriyat bosqichida:

Fanning nomi

Fan haqida qisqacha ma’lumot

1

O‘zbekistonning eng yangi tarixi

O‘zbekistonning mustaqillik arafasida mamlakatimizda yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy vaziyat, aholi turmush tarzidagi muammolar, ularning keskinlashuvi, Farg’ona voqealarining kelib chiqish sabablari, markaziy hokimiyat tangligining kuchayib borish jarayonlari bilan bog’liq masalalar o‘rganiladi. Bundan tashqari, mustaqillik sari yo‘l tutilishi, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi va uning tarixiy ahamiyati yoritiladi. Shu bilan birga mamlakatimizda mustaqillik e’lon qilinganidan keyin siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotda kechgan o‘zgarishlar, xususan davlat boshqaruvi bilan bog’liq islohotlar, bozor iqtisodiyotiga asoslangan rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lining tanlanishi, huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi masalalari o‘rganiladi.

2

Falsafa

Insoniyatning bir necha ming yillik tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan ilm va madaniyatning ajralmas tarkibiy qismidir. Inson bor ekan, olam va odam nima, ular qanday paydo bo‘lgan, voqelik qanday qonuniyatlar asosida yashaydi, o‘zgaradi va taraqqiy etadi, umrning mazmuni nimadan iborat, kabi masalalar barchani o‘ylantiradi. Falsafa ana shunday masalalar bilan shug‘ullanadi. Falsafaning asosiy vazifasi inson onggida sog‘lom aqlga mos dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Falsafa fanining dolzarbligi bugungi globallashuv davrida ma’naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolarni hal etish, xalqimiz ma’naviy me’rosini asrash va yanada yuksaltirish, yoshlarning falsafiy tafakkurini shakllantirish, ongini turli zararli g‘oyalardan saqlash, ularni falsafiy bilimlar bilan qurollantirish zarurligi bilan belgilanadi. 

3

Huquq falsafasi

Jamiyatda rо‘y berayotgan ulkan ijtimoiy-siyosiy voqealarning falsafiy-huquqiy negizi  haqida yaxlit tasavvurga ega bo‘lishga yordam beradi. Talaba-yoshlar tafakkurida huquqning falsafiy mazmun-mohiyati, huquqiy va falsafiy qarashlarning o‘zaro bog‘liqligi, jamiyatda rо‘y berayotgan ulkan ijtimoiy-siyosiy voqealarning falsafiy-huquqiy negizini shunchaki qayd etish bilangina cheklanib qolmay, balki uning asl mohiyati va mazmunini o‘rganish orqali nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.   Shuningdek, falsafiy va huquqshunoslikdagi qonunlarni bir necha me’zon va usullarga kо‘ra tasniflashi о‘zaro aloqasi va farqlarini, axborotlashgan jamiyatda ulardan foydalanishda inson va jamiyat manfaatlarini ximoya qilish xususiyatlarini o‘rgatadi.

4

Dinshunoslik

Dinlar tarixi, ta’limoti, muqaddas manbalari, yo‘nalishlari, jahonda mavjutsd bo‘lgan dinlarning mushtarak xususiyatlari, dinlardagi oqimlar va mazhablar, dunyoning konfessional xaritasi, davlat va din munosabatlari, jahonda mavjutsd bo‘lgan dinlarning mushtarak xususiyatlarini o‘rganiladi. Shuningdek, dinshunoslik talabalrda dunyoviy va diniy ilmlarning jamiyat taraqqiyotiga ta’sirini anglash, ularga nisbatan o‘zining mustaqil fikrini bildirish, din niqobi ostidagi turli buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitetini shakllantirib borish, ularning yovuz niyatlariga o‘zining erkin va xolis munosabatini bildirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishiga yordam beradi.