Bakalavriyat bosqichida:
№ |
Fanning nomi |
Fan haqida qisqacha ma’lumot |
1 |
O‘zbekiston tarixi |
Vatanimiz hududlarida eng qadimgi davrlardan boshlab bo‘lib o‘tgan tarixiy-madaniy jarayonlarni xolisona hamda manbalarga tayangan holda tahlil qilish, o‘rganish, ularning sabablari va mohiyatini ochib berish, tarixning turli davrlarida mamlakat iqtisodiy va madaniy ravnaqi uchun fidoyilik qilgan davlat arboblari, ulug‘ sarkardalar, ilm-fan hamda madaniyat namoyandalari, milliy qahramonlar faoliyatini xolisona baholash asosida yoshlarimizni millatparvarlik ruhida tarbiyalash orqali o‘rgatiladi |
2 |
Falsafa (etika, estetika, mantiq) |
Talabalarni zamonaviy fan yutuqlariga asoslangan falsafiy bilimlar bilan qurollantirish hamda ularda o‘z-o‘zini anglash va to‘g‘ri fikrlash mantiqning asosiy masalalari– tushuncha, mulohaza, xulosa chiqarish, isbotlash, gipoteza qurish kabilarni o‘zlashtirishiga erishish, ob’ektiv borliq hodisalarini ilmiy-falsafiy tahlil qilishning tushunchalar apparatini egallashga va undan foydalanishga yordam berish, talabalarga bahs yuritish, munozara qilish, isbotlash va rad etishning usullari va qoidalarini tushuntirish, ularda ilmiy ishonch-e’tiqodning shakllanishiga ko‘maklashish orqali o‘rgatiladi |
3 |
Fuqarolik jamiyati |
Talabalarga fuqarolik jamiyatining shakllanish va rivojlanish jarayonida olib borilayotgan islohotlar, ularni amalga oshirish strategiyasining mazmun-mohiyati, inson, davlat va jamiyatning oʻzaro munosabati, buning konstitutsiyaviy va huquqiy asoslari, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishda Oʻzbekistonning oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisida chuqur bilim berish orqali ularda faol fuqarolik pozitsiyasi va masʼuliyatini shakllantirishdan iborat. |
4 |
Milliy g‘oya |
YOsh avlodni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi oliyjanob g‘oyalar ruhida tarbiyalash, Milliy istiqlol g‘oyasining O‘zbekiston taraqqiyoti va mustaqilligini mustahkamlashning mafkuraviy tamoyillari to‘g‘risidagi yaxlit nazariya ekanligini tushuntirish, YUksak fazilatlarga ega, ezgu g‘oyalar bilan qurollangan komil insonlarni voyaga etkazish, usib-unib kelayotgan yosh avlod qalbi va ongida mafkuraviy immunitet asoslarini shakllantirish orqali o‘rgatiladi. |
|