Xotira - abadiy, qadr – muqaddas

Buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining atoqli farzandi Islom Karimov O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti sifatida istiqlol yillarida mamlakatimizni jahonda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, mustaqil va mustahkam davlatga aylantirdi. Birinchi Prezidentimiz boshlab bergan olamshumul islohotlar bugun davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev rahnamoligida izchil davom ettirilmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludi kuni munosabati bilan “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakultetining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Ro‘zibaev hamda 1-kurs faol talabalari joriy yilning 30 yanvar kuni “Islom Karimov” nomidagi ilmiy-ma’rifiy memorial majmuaga tashrif buyurdilar. Talabalar mazkur majmuada Birinchi Prezidentimiz sharafiga qad ko‘targan haykal poyiga gul qo‘yishib ta’zim bajo keltirishdi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tavalludi munosabati bilan uyushtirilgan mazkur tashrif talabalar qalbida umrbod saqlanib qolishi tayin.

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari Ortiq Ro‘zibaev axboroti