Tabiiy va texnogen ofatlar vaqtida avariya qutqaruv olib borish usullar mavzusidagi trening

2022-yil 2-fevral kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligining Tez harakat qilish Respublika ko‘p tarmoqli markaz o‘rinbosari kinologiya xizmati boshlig‘i mayor I.Nasrullaevning “Hayot faoliyati xavfsizligi” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs 312 – guruh talabalariga “Tabiiy ofatlar vaqtida avariya qutqaruv asbob-anjomlari va  qidiruv qutqaruv ishlarini tashkillashtirish va olib borish usullar” mavzusidagi ochiq dars mashg‘ulotini olib bordi. Ma’ruzada zilzila vaqtida evakuvatsiya harakatlanish, qidiruv-qutqaruv, togʻli hududlarda qutqaruv, suv toshqinlari vaqtida qutqaruv, portlash vaqtida qutqaruv ishlari, shuningdek yong‘inlarni o‘chirish hamda boshqa tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq vaziyatlarda avariya-qutqaruv ishlarini o‘tkazish tartibi, qutqaruv ishlarida qo‘llaniladigan maxsus asbob-uskunalar, ulardan foydalanish tartiblari va boshqa ma’lumotlar talabalar e’tiboriga yetkazildi.

 

Shuningdek, ma’ruzachilar tomonidan dars o‘tish davomida qidiruv-qutqaruv ishlarini o‘tkazish joyiga asbob-anjom, texnika, qutqaruvchilarni yetkazishda avariya-qutqaruv mashinalardan foydalanish to‘g‘risida ma’lumotlar ham berib o‘tildi. Shu bilan birgalikda talabalarni qiziqtirgan boshqa savollarga ham ma’ruzachi tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.