O'zlikni ruhan anglash

 Bugun 1- dekabr GIM fakulteti 1 – kurs talabalari bilan fakultet dekani B. Norov, fakultet yoshlar bilan ishlash dekan o'rinbosari O. Ro'zibayev va institut psixologi ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvdan maqsad  talaba yoshlarni fakultet rahbarlari va institut psixologi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish edi.Uchrashuvni GIM fakulteti yoshlar bilan ishlash dekan o'rinbosari O. Ro'zibayev o'z kirish so'zi bilan ochib, so'z navbatini fakultet dekani B. Norovga so'z berdi. B. Norov institutda talaba yoshlar uchun kelajakda dasturilamal bo'lib xizmat qiladigan nutq so'zladi. Institutda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan talabalarni tanishtirib o'tdi. Shundan so'ng fakultet yoshlar bilan ishlash dekan o'rinbosari O. Ro'zibayev psixologning inson hayotidagi o'rni haqida o'z fikrini bildirib institut psixologi Muhayyo Kamolxonovna Muxamedovaga so'z navbatini berdi. Muhayyo Muxamedova talabalarga “Institut psixologining faoliyati” mavzusida taqdimot qilib institut psixologining institutda olib boradigan faoliyati turlari bilan talabalarni tanishtirib o'tdi. Yig'ilish so'ngida talabalar fakultet dekani va institut psixologiga o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.“Institut psixologi faoliyati” to'g'risidagi varaqalar tarqatildi va barcha talabalarga “Psixolog maslahati” kanaliga a'zo bo'lish tavsiya qilindi.Shu bilan qizg'in tarzda tadbir o'z yakuniga yetdi.  

   

Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari   O.Ro`zibayev