“G‘alaba bog‘i” – xalqimiz qahramonligini aks ettirgan yaxlit majmua
“G‘alaba bog‘i” – xalqimiz qahramonligini aks ettirgan yaxlit majmua
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot univesiteti "Ekologiya va huquq" fakulteti tyutori hamda 1-kurs talabalari joriy yilning 3-4-may kunlari Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda uning hududida joylashgan “Shon-sharaf” davlat muzeyiga tashrif buyurdilar.
Talabalar bog‘dagi urush va uning oqibatlari, urush davri manzaralari, jumladan okop va blindajlar, palatkalar, dala oshxonalari va boshqa lavhalar aks etgan majmuada o‘sha davrdagi harbiy texnika va qurol-yarog‘lar, O‘zbekiston xalqining front va front ortida ko‘rsatgan jasorati, mashaqqatli mehnati, qayg‘u-alami, shuningdek, erishilgan buyuk g‘alabaga qo‘shgan ulkan hissasi ifodalangan bog‘da vatan uchun jonini fido qilgan ajdodlarimiz, “Matonat madhiyasi” majmuasida butun o‘zbek ayollarining sadoqati ramziga aylangan zangiotalik Zulfiya Zokirova va uning urushda halok bo‘lgan besh o‘g‘lining vafodor rafiqalari aks etgan yodgorliklarni ko‘rib bugungi tinchlik-osoyishtalik, musaffo osmon, farovon hayot qanchalik bebaho ne’mat ekanligini, uni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash muqaddas burch ekanligini yana bir bora anglab yerishdi.