Mas’ullik va majburiyat

2019 yil 4 fevral kuni Institutimiz ilmiy anjumanlar zalida Mirzo Ulug‘bek tumani Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga mas’ulman!” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Q.Shavazov, Yuriskonsult U.Muratova M.Ulug‘bek tumani 2-IIB Voyaga yetmaganlar va huquqbuzarlik inspektori, mayor Sh.Hikmatullayev va katta leytenant D.Inoqov va "GIM" fakulteti dekani B.Norovlar ma’ruza qilishdi.
Bo‘lib o‘tgan tadbirda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi ishlari bilan birga talabalar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarga doir faoliyatning asosiy vazifalari, nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasida ota-ona yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarning ishtiroki, ta’limni boshqarish organlari va ta’lim muassasalari vakolatlari va boshqa bir qator masalalar muhokama qilindi.

"GIM" fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Ro‘zibayev axboroti
Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov