Professor-o'qituvchilar, talabalar va magistrantlar!

Sizga qo'shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida Toshkent shahridagi Inha universiteti (TOO) TOEFL iBT® imtihonining onlayn versiyasini o'tkazish va TOEFL iBT® (STAS-Certified Test Administration Site) sertifikatlangan sinov boshqaruvi idorasiga aylanish huquqiga ega bo'lganligi haqida xabar beramiz. Hozirgi kunda TOEFL sertifikati 130 mamlakatdagi taxminan 9000 ta universitetda e'tirof etilgan va IELTSning to'liq muqobil variantidir.