Mangulikka muhrlangan xotira
Ona yurtimiz har doim o‘zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. 2020 yil 15-yanvar kuni Toshkent viloyati Chirchiq shaxri Yumaloq qo‘rg‘oni Ramazon ko‘chasi 43–uyda yashagan o‘z xarbiy xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda jasorat ko‘rsatib, halok bo‘lgan serjant Saidazimov Janibek Umaralievichning xonadoniga GIM fakul`teti dekan B.Norov hamda harbiy kafedra ofitserlari tashrifi uyushtirilib institut rahbariyati tomonidan taqdim etilgan sovg‘alari hamda bayram tabrigi uning ota-onasiga etkazildi.
GIM fakul`teti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Ro‘zibaev