Fakultetimiz bitiruvchilariga omad tilaymiz

19.06.2017 yildan 22.06.2018 5640100 HFX ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining BMI himoya qilish bo‘yicha DAK HFX kafedrasida tashkil etildi. 27 nafar bitiruvchi talabalar DAKda o‘zlarining BMIlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

 

BMI hozirgi kunning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda favqulotda vaziyatlarda xavfsizlikni ta’minlash, ishlab chiqarish korxonalarida mehnat sharoitlarini yaxshilash va insonlarning baxtsiz hodisaga uchrashi va jarohatlanishlarni kamayishiga qaratilgan masalalar o‘z ifodasini topgan. DAK ishi yakunida BMIlarda o‘rganilgan masalalar yuzasidan berilgan takliflarni ishlab chiqarishga tavsiya etildi va yo‘nalishning iqtidorli talabalariga magistraturaga kirish uchun tavsiyalar berildi.