Til - ta'sirchan mexanizm

Ma'naviyatning ta'sirchan qurol va mexanizm ekanligini inobatga olgan holda, o‘tkaziladigan tadbirlar katta ahamiyat kasb etadi. Har juma kuni muntazam ravishda tashkil etib kelinayotgan ma'rifiy tadbirimiz ana shunday mohiyatga ega.

“IBRATLI, IJODKOR INSONLAR” ruknida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, Qoraqalpog‘iston xalq artisti, “Oltin qalam” Milliy mukofoti laureati, “Do‘stlik” ordeni nishondori, Oliy toifali suxandon FARHOD BOBOJONOV hamda O'zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Oliy toifali suxandon Ra'no Jo‘rayevalar ishtirokida ijodiy muloqot bo‘lib o‘tdi. “Bir o‘lkaki tuprog‘ida oltin gullaydi” deb nomlangan mavzuda Farhod aka Bobojonov o‘zining hayoti va diktorlik hamda jurnalistik faoliyati bilan bog‘liq holda, xotirotlarini o‘rtoqlashdi. Ma'lumki, bir necha yillar mobaynida "Bir o‘lkaki" nomli turkum ko‘rsatuvlarning muallifi sifatida O'zbekistonning tarixi va buguni bilan bog‘liq holdagi manzaralar haqida teran ma'lumotlar berib keladilar.

Oliy toifali suxandon Ra'noxon Jo‘rayeva rusiyzabon talabalar bilan 7 - o‘quv zalida "Kasbimda kamol topdim" mavzuida ochiq suhbat o‘tkazdi. Diktorlik kasbi uning hayotida ko‘plab quvonch va qayg‘ularga bois bo‘lgani borasida so‘z yuritib talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berdi. Har ikkala ijodiy muloqot noan'anaviy dars o‘rnida talaba hamda professor o‘qituvchilarda iliq taassurot qoldirdi.

"Gumanitar fanlar" kafedrasi assistenti Bahriddin Muqimov axboroti

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov