Asosiy qonunimizda Yer va suv munosabatlari

19 aprel kuni Ekologiya va huquq fakulteti Talabalari bilan O‘zbekiston Respublikasi Suv Xo‘jaligi vazirligining bosh yuristi SHermatov Elyor Xusanovich bilan "Asosiy qonunimizda "Yer va suv munosabatlari" mavzuida uchrashuv bo‘ldi.  Konstitutsiyamizning yer va suv masalalari bo‘yicha normalarini takomillashuvi,suv sohasidagi islohatlar,yer va suv sohasidagi  qonunlarimizning takomillashuvi borasida muhim axborotlar berildi. Talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi. Yoshlar 30 aprel kuni Konstitutsiyamizning yangilangan tahririda qabul qilinishiga yakdillik bilan "ha" deb javob berajakligini bildirdilar.