Teatr taassurotlari

img

Teatr insonni manaviy yuksaklik sari yetaklaydi. Undagi ijobiy qahramonlar yoshlarga namuna bo’lsa, salbiy qahramonlar insonlardagi ko’zga ko’rinmas yomon odatlar qanday oqibatlarga olib kelishini jonli ko’rsatib beradi.

11-oktabr kuni “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti “Ekologiya va huquq” fakulteti 1-bosqich talabalari fakultet tyutorlari X.Ro’zmetov va I.Ahmedovalar boshchiligida O’zbekiston Davlat SATIRA teatriga tashrif buyurishdi. Unda talabalarga “Shum bola” spektakli namoyish etildi. Komedik janrda namoyish etilgan spektakl talabalar kayfiyatini yanada ko’tardi.