Tanlov gʼoliblari taqdirlandi

Joriy yilning 14 fevral kuni Zahiriddin Muhammad Boburning 539 yilligi munosabati bilan universitetimiz ijodkor talabalari oʼrtasida “Eng yaxshi ijodiy sheʼr” tanlovi gʼoliblarini taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi. Tanlov davomida Hakamlar hayʼatiga 20 nafar ijodkorning sheʼrlari taqdim etildi. Tanlovga kelib tushgan ijodiy ishlar (sheʼrlar) Hakamlar hayʼati tomonidan tanlov shartlariga mosligi nuqtai nazaridan saralanib, chuqur tahlil qilindi. Har bir sheʼr alohida oʼrganildi va qizgʼin muhokama qilindi, ijodkorlarning sheʼriy mahoratiga qarab ijodiy ishlar baholandi. Gʼoliblar universitet esdalik sovgʼalari, diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandi. Yakuniy natijalarga koʼra:

1-oʼrin – Roʼzmetov Xursandbek ( universitet magistranti 500 ming soʼm miqdorida pul mukofoti hamda 1-darajali diplom);

2-oʼrin – Hamdamboeva Аziza (GIM fakulьteti 1-kurs talabasi 400 ming soʼm miqdorida pul mukofoti hamda 2-darajali diplom);

3-oʼrin – Qoʼldoshev Sarvarbek (ERB fakulьteti 2-kurs talabasi 300 ming soʼm miqdorida pul mukofoti hamda 3-darajali diplom);