Talaba qizlar bilan davra suhbati
GIM fakulteti Xotin - qizlar maslaxat kengashi tomonidan fakulteti talaba qizlar bilan universitetimizning 2021 yil 25-dekabrda 5-sonli yig‘ilishida tasdiqlangan “Odob axloq” kodeksi mazmuni mohiyatini talaba qizlarga yetkazish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi. Fakul`tet yoshlar ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Ro‘zibayev, fakultet xotin -qizlar maslaxat kengashi a’zosi B.Mamadaminova va tyutor I.Ahmedovalar ishtirok etdi. Tadbirda B.Mamadaminova so‘zga chiqib, xususan Kodeksda universitetimizning ichki odob-axloq qoidalari ifodalangan bo`lib, kodeksning maqsad va vazifalari, kodeksning amal qilish doirasi universitetda kiyinish va tashqi ko‘rinishga oid qoidalar, odob-axloqqa oid majburiyatlar, kodeks qoidalari buzilganda, ularga nisbatan universitet ichki tartib qoidalarning mehnat va o‘qish intizomini buzganlik uchun javobgarlik choralari qo‘llanilishi kabi ma`lumotlar berildi.