Shohlik qismati va shoirlik taqdiri
Universitetimizda 14-fevral kuni GIM fakulteti tashkilotchiligida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligiga bagʻishlab “Yoshlar kamolotida Bobur merosining oʻrni va ahamiyati” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-badiiy tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirni universitet yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori R. Choriyev kirish soʻzi bilan ochdi. R. Jumaniyozov moderatorligida oʻtgan tadbirda soʻz olgan mehmon shoir Bobur Bobomurod Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi haqida maʼruza qilib, ishtirokchilarga Bobur shaxsiyati nechogʻlik buyuk ekanligini taʼkidlab oʻtdi. Boʻlib oʻtgan tadbirda institutning professor-oʻqituvchilari, talabalar tomonidan Bobur sheʼriyati asosida yaratilgan qoʻshiqlar ijro qilinib, gʻazallaridan namunalar oʻqildi.
Ushbu tadbirdan maqsad: buyuk allomalarimiz, xususan Bobur ijodini keng miqyosda oʻqitish, oʻrgatish, yubiley sanalarini nishonlash va yod etish jarayonida buyuk ajdodlarimizning asarlarini manbalar va qoʻlyozmalar asosida oʻrganish va ularning mazmun mohiyatida nechogʻliq Vatanga muhabbat, ota-onaga eʼtibor, insonlarga boʻlgan munosabat, yurt ravnaqi uchun qanday xizmat qilish va umuman komil inson darajasiga yetishish mumkin boʻladigan jihatlarga koʻproq eʼtibor berishni yoshlar ongiga singdirishdir. Shu asnoda yoshlarimizda faxr-gʻurur tuygʻularini shakllantirish, ularga oʻxshashga intilish, qalbida havas va ishtiyoq uygʻotish, ajdodlarga munosib boʻlishga harakat qildirish maqsadga muvofiqdir.Boburning qismatida shohlik va shoirlik nisbati yozilgan. U dam qoʻliga qilich, dam qalam ushlab umrguzaronlik etdi. Uning hayotiy va ijodiy faoliyatida vatanparvarlik, yoru diyorga boʻlgan qaynoq mehru muhabbat hamda ilmparvarlik tuygʻusi ustuvor boʻlgan.