Yoz yomg'iri loy bo'lmas, o'g'ri aslo boy bo'lmas.
Joriy yilning 4-noyabr kuni “TIQXMMI” MTU GIM fakulteti 1-kurs 101-104 guruh talabalari bilan universitet psixologi M.K.Muhammedova va GIM fakulteti tyutori A.Shonazarovlar hamkorligida “To'g'rilik to'rga tortar, o'g'rilik go'rga...” mavzuida seminar trening tashkil etildi. Tadbir talabalarning birovning haqidan qo'rqish va xiyonat qilishdan tiyilish, ko'plab muammolarning oldini olish va profilaktika qilish maqsadida tashkil etildi.
Tadbir avvalida 1- kursga qabul qilingan talaba yoshlardan ommaviy tarzda o'tkazish ko'zda tutilgan testlar: talabalarning oliygohga qay darajada adaptatsiya hosil qilganliklarini aniqlashga va guruhdagi psixologik sferani aniqlashga mo'ljallangan testlar olindi va javoblari muhokama qilindi. Bu guruhlardan olingan testlar natijasiga ko'ra: talabalar universitetdagi o'quv jarayoniga o'rta va yuqori darajada adaptatsiya hosil qilganliklari va guruhlarda sog'lom, do'stona, pozitiv muhit mavjudligi aniqlandi. Uchrashuv davomida birovning haqiga xiyonat qilish, pora olish, pora berish, moddiy va ma'naviy o'g'irlik haqida diniy va dunyoviy tomondan tushunchalar berildi. Va bu illatlar gunohi azim ekani haqida muqaddas kitobimiz Qur'onda keltirilgan manbalar orqali, payg'ambarimiz Muhammad Mustafo SAVning sahih hadislarda keltirilgan o'gitlari va hayotiy voqealar, rivoyatlar orqali yoritib o'tildi. Tadbirda barcha talabalar aktiv qatnashishdi, ayniqsa Jahongir, Ubaydullo, Ibrohimlar o'g'irlikning zararli illatlari haqida o'z teran fikr va mulohazalari orqali yig'ilish ishtirokchilarida yaxshi taassurotlar uyg'ota olishdi. Tadbir davomida barcha talabalar o'zlariga foydali bo'lgan ma'lumotlarga ega bo'lishdi.