Yangilanayotgan Konstitutsiya - demokratik rivojlanishning muhim huquqiy poydevoridir
Ma’lumki, mamlakatimizda joriy yilning 30 aprel sanasida muhim ijtimoiy – siyosiy voqea ya’ni “O‘zbekiston Konstitutsiyasi to‘g‘rsida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni umumxalq referendum ovoziga qo‘yiladi.
11 aprel kuni Ekologiya va huquq fakulteti yurisprudensiya yo‘nalishi talabalari hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi bilan hamkorlikda “Yangilanayotgan Konstitutsiya - demokratik rivojlanishning muhim huquqiy poydevoridir” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Davra suhbatida, yangi Konstitutsiyaga yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi rivojiga xizmat qilishi, eng avvalo esa “Inson qadri uchun” g‘oyasi ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab qo‘yilganligi, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan ilk marotaba uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojini ta’minlash davlatning vazifalari qatoridan joy olayotganligi, davlat endilikda nafaqat umumiy o‘rta ta’lim, balki boshlang‘ich professional ta’lim olishni ham bepul bo‘lishini kafolatlaydi. Konstitutsiyaviy qonunga muvofiq oliy ta’lim tashkilotlariga akademik erkinlik, o‘zini o‘zi boshqarish, tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqi berilmoqda. Oliy ta’lim tizimi bilan bog‘liq masalalarning Konstitutsiya darajasida belgilanayotgani oliy ta’lim jarayoniga tashqi aralashuvlarni cheklash, oliy ta’lim sifati va dunyoda raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga o‘zlarini qiziqtirgan savollari yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.
Targ‘ibot tadbiri savol-javoblarga boy bo‘ldi.