Mahalla va universitet hamkorligi

4 mart kuni M.Ulug‘bek tumani “Oqibat” MFY hamda Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash fakulьteti talaba-yoshlari bilan “Yoshlar kelajagimiz” shiori ostida sportning mini futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

            Mahalla va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘rnatilgan ushbu hamkorlik mahalla aholisi, ayniqsa, yoshlarining ma’naviy dunyosi yanada boyishi, jismoniy chiniqishi uchun ko‘plab imkoniyat yaratmoqda – dedi “Oqibat” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi M.Yuldasheva. – Ushbu hamkorlik o‘rnatilgandan buyon universitet rahbariyati Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash fakulteti bilan birgalikda deyarli har kuni ma’naviy-marifiy tadbirlar, uchrashuvlar, to‘garaklar, sport musobaqalari o‘tkazilib, ularda mahallamiz yoshlari ham faol ishtirok etishmoqda. Shuningdek, universitet tomonidan mahallamiz yoshlariga kitoblar, sport anjomlari taqdim etilib, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlanmoqda.

            Musobaqada o‘z faolligi, mahorati va intizomi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lgan yoshlar munosib taqdirlandilar.