​Institutda “Yoshlar e’tirofi” taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi

Faoliyatdagi insonda tashabbuskorlik va tashkilotchilik qobiliyati bo‘ladi. Bu esa uning xizmatlarini rag‘batlantirish ehtiyojini keltirib chiqaradi. Zahmat chekmaguncha rahmat eshitilmasligi aniq.

Tashabbus va tashkilotchilik faoliyatini ko‘rsatish hamda yilning eng yaxshilarini munosib taqdirlash maqsadida “Gidrotexnika qurilishi” fakulteti tomonidan 2017-yilning 1-dekabr kuni Institutimiz madaniyat saroyida fakultet jamoasi a’zolarining yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishdagi tashabbuskorligi, jonkuyarligi va mehnatlarini taqdirlash maqsadida fakultet “Yoshlar e’tirofi” taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda 13 ta nominatsiya bo‘yicha eng yaxshilar aniqlandilar:

-Fakultetda “Yilning eng yaxshi dekan o‘rinbosari” nominatsiyasiga Ro‘ziyev Sodiqjon Baxtiyorovich, “Yilning eng yaxshi kafedra mudiri” nominatsiyasi bo‘yicha Majidov Toxir Shodmonovich, “Yilning eng yaxshi o‘qituvchisi” nominatsiyasi bo‘yicha Qahhorov O‘ktam Abdurahimovich,“Yilning eng yaxshi guruh murabbiyi” nominatsiyasi bo‘yicha Toshmatov Elyor Sobirovich, “Yilning eng yaxshi a’lochi qiz talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha Xusanboyeva Xusnora Sobirjonovna, “Yilning eng yaxshi a’lochi yigit talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha Samadov Nabijon Axmad o‘g‘li, “Yilning eng yaxshi Yoshlar ittifoqi targ‘ibotchisi” nominatsiyasi bo‘yicha Maxkamova Shohsanam G‘ayratjon qizi, “Yilning eng yaxshi Yoshlar ittifoqi guruh yetakchisi” nominatsiyasi bo‘yicha Sayfiyeva Farida Ilyosovna, “Yilning eng yaxshi Yoshlar ittifoqi a’zosi” nominatsiyasi bo‘yicha Qilicheva Madina Fayzullo qizi, “Yilning eng yaxshi Ijodkor talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha Ilamonov Otamurod Sobirjon o‘g‘li, “Yilning eng yaxshi Muddatli harbiy xizmatni imtiyozli o‘tagan talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha Normo‘minov Xasan Rashid o‘g‘li, “Yilning eng yaxshi sportchi talabasi” nominatsiyasi bo‘yicha Soliyev Sarvar Alisher o‘g‘li, “Yil e’tirofi” nominatsiyasi bo‘yicha Abdumajidov Nazarbek Xayrullo o‘g‘li g‘olib deb topildilar. Tadbir ko‘tarinki shukuhda bo‘lib o‘tdi. Nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar fakultetning faxriy diplom va esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.