Hur o’lkasin kuylagan shoir

img

Hur o’lkasin kuylagan shoir

 “Ekologiya va huquq” fakulteti tyutori X.Ro’zmetov va fakultetning faol talabalari tomonidan joriy yilning 17-noyabr kuni “Adiblar xiyoboni”da ayni shu mavzuda tadbir o’tkazildi. Unda Abdulla Oripov ijodidan she’rlar o’qildi, bahru-bayt hamda shoir hayoti va ijodidan savol-javob o’yinlari ham o’tkazildi. G’oliblarga shu yerning o’zida sovg’alar ham topshirildi. Talabalar mazkur o’yinlarda qiziqish bilan qatnashdilar. Faol talabalar tomonidan shu yerning o’zida “Fikrlar doskasi” ham o’rnatildi. Talabalar tadbirdan so’ng mazkur tadbir haqida o’z fikrlarini yozib qoldirdilar. Abdulla Oripovning ijodi ummon misoli, uning har bir she’rini tahlil qilar ekanmiz, ezgulik va yovuzlik, muhabbat va sog’inch hamda vatan tuyg’ularini yurakdan chuqur his etamiz.

Fakultet tyutori X.Ro’zmetov Abdulla Oripovga shunday nazmiy ta’rif berib yozadi:

 

Olis osmon uzra taraldi ziyo,

Bu ko’hna dunyoni yoritmoq uchun,

Bir o’zbek o’g’loni tug’ildi go’yo,

Haqiqat nurini taratmoq uchun.

Adolatsizlikka tura olmas jim,

Yurtim deb yashadi fido qilib jon.

Serquyosh o’lkani madh aylagan kim,

Abdullang emasmi jon O’zbekiston.

Ustoz, siz so’nmaysiz mangu, barhayot,

Adolat mash’alin yoqaverasiz.

Unutmang O’zbekning qonu-jonida,

To dunyo bor ekan yashayverasiz.

Mazkur tadbirdagi faolligi, va jonkuyarligi uchun fakultet tyutori X.Ro’zmetov fakultetning bir guruh faol talabalari

Nozinabonu Axatova, Xumora Qurbonboyeva, Sarvinoz Turonova, Mohiraxon Abduqahhorova, Shahzoda Ismatova, Omadbek Qo’ziboyev, Behruz Turdaliyev, Abbos Bafoyev, Diyorbek Ulmasbayev, Sarvarbek Hazratov, Sarvarbek Hayitov, Behruzbek Sharipovlarga alohida minnatdorchilik bildiradi.