Sport sog‘lik garovi

“Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakulteti 2022-2023 o‘quv yili 1-kurs talabalari o‘rtasida 2022 yil 30-noyabr kuni Universitet sport majmuasida “Sport sog‘lik garovi” shiori ostida sportning Mini-futbol turi bo‘yicha fakultet dekani kubogi sport musoboqasi o‘tkazildi. Tadbirni yuqori saviyada tashkil etishdan maqsad talaba yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk inson sifatida voyaga yetishiga yordam beradi. Tadbirda fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari O.Ro‘ziboyev, “Jismoniy madaniyat va sport” kafedrasi murabbiylari, guruh murabbiylari, fakultet “Yoshlar ittifoqi” yetakchilari faol ishtirok etishdi. Musoboqa murosasiz ko‘taringki ruhda, faol tarzda o‘tdi. Musoboqa yakuni bo‘yicha “SXMIM” ta’lim yo‘nalishi 105-guruh futbolchilari YOSH MEXANIKLAR jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdilar, 2-o‘rinni “SXMIM” ta’lim yo‘nalishi 102-guruh futbolchilari SHUNQORLAR jamoasi  qo‘lga kiritdilar, 3-o‘rinni “SXMIM” ta’lim yo‘nalishi 101-guruh futbolchilari RENESANS  jamoalari qo‘lga kiritdilar.