Ma'rifat maskanida

Ma'rifat maskanida

2023 yil 19 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli qarori ijrosi yuzasidan milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimiz boy ma’naviy merosini o‘rganish, ularning insonparvarlik g‘oyalarini hayotga keng tatbiq etish maqsadida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti talabalari "Adiblar хiyoboni"da O‘zbekiston qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning xotirasiga bag‘ishlab adabiy va badiiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazishdi. Tadbirni Universitetning "Gumanitar fanlar" kafedrasining katta o‘qtuvchisi D.Axmedova  ochib berib, tadbir ishtirokchilarini qizg‘in muborakbod etdi. O‘z navbatida fakultet xotin qizlar ishlari maslahatchisi ham shoir ijod va hayotini o‘rganish universitetimiz yoshlari va pedagogik jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar va vazifalar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdilar. Tadbirda fakultetning she'riyatga qiziquvchi talaba yoshlari Abdulla Oripov qalamiga mansub namunalarni o‘qib berishdilar shoir Abdulla Oripovning qalamiga mansub she’rlariga bastalangan qo‘shiqlarni ijro etishib, yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdilar.