Milliy gʻoya - maqsad qoyasi

Milliy gʻoya – muayyan millat hayotiga mazmun baxsh etadigan, uni ezgu maqsad sari yetaklaydigan fikrlar majmui. U millatning oʻtmishi, buguni va istiqbolini oʻzida mujassamlashtiradi, uning tub manfaatlarini, maqsadlarini ifodalaydi. Milliy gʻoya oʻz mohiyatiga koʻra, xalq, millat taqdiriga daxldor boʻlgan, qisqa yoki uzoq muddat hal etilishi kerak boʻlgan vazifalar va moʻljallarni ham aks ettiradi.

GIM fakulteti “Gumanitar fanlar” kafedrasi professor oʻqituvchilar E. Qalqonov, M. Hakimova, M. Turdiboyeva va B. Muqimov tomonidan 26 mart kuni Milliy gʻoya fani boʻicha 1 -bosqich olimpiadasi oʻtkazildi. Unda institutning 4-chi bosqich bir guruh talabalari ishtirok etib gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.

Olimpiadaning birinchi bosqichini kuzatish asnosida shu narsaga amin boʻldikki, talabalar oʻzlarining ilmiy salohiyatlarini toʻla namoyish eta olishdi. Ularning savollarga aniq va loʻnda javob berishlari ular porloq istiqbolining darakchisidir.

GIM fakulteti “Gumanitar fanlar” kafedrasi assistenti B. Muqimov axboroti

Institut matbuot kotibi R. Jumaniyozov