Begʻubor bahorning birinchi kunida

2019 - yil 1 - mart Oʻzbek xalqining sevimli adibasi, Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim tavallud topgan kuni munosabati bilan institutimiz talaba qizlari va fakultetlar xotin-qizlar kengashi raislari Adiblar xiyoboniga tashrif buyurishdilar. U yerda Shoira Zulfiyaxonimni eslab, Zulfiyaxonim haykali poyiga gullar qoʻyishdilar.

Institutimizning QXM, GIM, SXTE va B, QSXET, YERB, GTQ, GM fakultetlarining faol talaba qizlari tashrif buyurishdi. Talabalar u yerda Zulfiyaxonimga atab yozgan oʻz sheʼrlaridan namunalar oʻqishdi.

Institut xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z. Xafizova axboroti

Institut matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov