Bugun bizni turli axborot vositalari, xususan, internet saytlarining xavfi, “ommaviy madaniyat”ning salbiy oqibatlari koʼproq tashvishga solmoqda. Shu kabi holatlarning oldini olish uchun "Yer resurslarini boshqarish” fakulteti hamda “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakulteti talabalari joylashgan 5 - talabalar turar joyida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” mavzusida davra suhbati boʼlib oʼtdi. Unda "Yer resurslarini boshqarish” fakulteti hamda “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakulteti dekan muovinlari H.Eshova, O.Ruziboev, tarbiyachi pedagog Sh.Ilamova, fakultet tyutorlari D.Xursandova, M.Vafoeva, S.Ibragimovalar hamda talaba-yoshlar ishtirok yetishdi. Tadbirda 1.Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi M. Ulugbek tumani maʼnaviyat va maʼrifat bulinmasi bosh mutaxassisi shoir Botirov Nasriddin Bobomurodovich. 2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Mirzo Ulug'bek tumani bosh mutaxassisi Аmonov Аxmadxon Iso o'g'li oʼz maʼruzasi bilan ishtirok etdi. Ilmsizlik va jaholat – jamiyatimizning eng katta dushmani, ayni paytda jamiyat uchun – katta ofatdir.
Tadbir so‘ngida talaba-yoshlarga shoirimiz tomonidan she'rlar o'qildi. Davra suhbati qizgʼin bahs-munozaralarga boy boʼlib, unda talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi. Ishtirokchilar mutaxassisga oʼzlarini qiziqtirgan savollarni berib javob olishdi.