2019 yil 6 dekabrda “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakulteti “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” kafedrasi “Suv xo‘jaligi meliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari bilan Turin Politexnika universiteti talabalari hamda Italiya Turin Politexnika universiteti professori Maurizio Rosso boshchiligida institutimizdagi “Gidrotexnika qurilishi”, “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” o‘quv laboratoratoriyalarida amaliy mashg‘ulot olib bordi.
Mashg‘ulot davomida ham nazariy ham amaliy ma’lumotlarni berdi. Nasos ishchi jihozlarini qayta tiklash texnologiyasini zamonaviy usullari va mavjud usullar bilan taqqoslash orqali talabalar bilan fikr- mulohazalar almashishdi. "G" binoning 4 - o‘quv zalida nasos stansiyalari, suv inshootlari to‘g‘risida seminar olib bordi. Seminar davomida Suv xo‘jaligi mexanizatsiyalashda ularning amaliy ahamiyatini ochib berdi. Seminar savol – javobga boy holda o‘tdi.
“Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi S.Xolova ma’lumoti