“Gidromelioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash” fakulteti xotin- qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslaxatchisi B.Mamadaminova tomonidan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning dolzarbligi muhokamasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda barcha fakulьtet ayollar jamoasi va talaba qizlari, universitet xotin qizlar maslaxat kengashi a’zolari ishtirok etishdi. Prezidentimizning “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar xususida fikr almashildi.
Fakultet xotin qizlar kengashi a’zosi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd) X. Botirova suzga chiqib, O‘zbekistonni keyingi 5 yilda rivojlantirishning 7 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida 100 ta maqsadlarga erishishga qaratilgan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarga to‘xtalib, Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlari xaqida gapirdi. Shuningdek tadbir ishtirokchilari tomonidan xam fikrlar bildirilib, ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish, umumbashariy muammolarga milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda echim topish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borishga qaratilgan masalalar xam 7 ta ustuvor yo‘nalishda qamrab olingani aytib o‘tildi. Tadbirda, suz olgan xotin qizlar maslaxat kengashi a’zolari, talaba qizlar xam mavzuga oid o‘zlarini taklif hamda tavsiyalari bilan faol qatnashdilar.