Ayollarni, qizlarni bahorga qiyoslashadi, bahorni esa ularga. Goʻzallik, nafosat, yangilanish, hayot davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uygʻunlashib ketadi. 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami goʻzal va betakror yurtimizga bahor nafasi kirib kelganidan darak beradi. Ayol azaldan mehr-shafqat timsoli boʻlib kelgan. Ayol deganda, koʻz oʻngimizda avvalo, ulugʻ va tabarruk ona siymosi gavdalanadi. Inson zoti borki, olamdagi barcha yaxshilik va ezguliklarni, hayot sir-u asrorlari va saboqlarini onaning mehru-sahovati tufayli oʻrganadi. Ayol borki, olam munavvar, ayol borki hayot goʻzal va maftunkor. Inson, ayol tushunchalarini bir-biridan ajralgan holda, tasavvur etib boʻlmaydi.
Oilani ham, jamiyatimizni ham birlashtirib, unga fayzu barokat kiritadigan xonadonlarimizni mehr-muhabbat, nafosat, ezgulik nuri bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida, moʻtabar onalarimiz, munis opa-singillarimizdir. Shu sababli ham 8-martni aynan Ayollarimiz kuni yaʼni, xalqaro xotin-qizlar kuni deb, keng nishonlaymiz. Ushbu bayram bugun nafaqat yurtimizda, balki dunyoning barcha burchaklarida juda keng nishonlanmoqda. “Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakulteti talaba-qizlarga ham bayram munosabati bilan unversitetimiz rektori t.f.d.professor, B.Mirzaev tomonidan yoʼllangan bayram tabrigi oʼz egalariga topshirildi.