Xayot faoliyati xavfsizligi

Xojiyev Aliakbar Abdumannopovich

Kafedra mudiri, texnika fanlari nomzodi, dotsent

Tel.:  +99871-237-19-86

Email: a.xojiyev@tiiame.uz

 

 


Mazkur kafedra 1991 yil 5 martda institutda faoliyat olib kelayotgan “Mehnat muhofazasi” va “Fuqaro mudofaasi” kafedralarining qo‘shilishidan tashkil etilgan. “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi 1991 yilda dos. Z.Yu. Yusupov raxbarligida tashkil etilgan. Kafedrada turli yillari t.f.n. R.D. Bobojonov (1993-1994 y.), dotsent X.B. Avazmatov (1994-1995 y.), t.f.n. R.D. Bobojonov (1996-2005 y.), t.f.n., dotsent S. Gazinazarova (2005-2008 y.), t.f.n., dotsent I.Axmedov (2008-2015 y.) kabi yirik olimlar rahbarlik qilishdi. Kafedraning ilmiy faoliyatida sezilarli jonlanish dotsent S. Xaydarov va dotsent Saidxoʻjayeva raxbarligida amalga oshirildi. 2020  iyun oyidan hozirgi vaqtgacha kafedraga. dotsent, А.Xojiyev rahbarlik qilmoqda.

Talabalarga yetuk bilim berishda kafedra katta ilmiy-pedagogik salohiyatga ega. Bugungi kunda kafedrada dotsent T.A.Xaydarov, dotsent I.Axmedov, dotsent E.Turapov, dotsent A.Xojievlar samarali mehnat qilishmokda. Kafedra professor - o‘qituvchilari tomonidan institutdagi barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida «Hayot faoliyati xavfsizligi» fani va HFX bakalavriat yo‘nalishida esa 13 nomdagi fanlar o‘qitiladi. “Hayot faoliyati xavfsizligi” bakalavriat yo‘nalishiga o‘qitiladigan 9 ta fanlar bo‘yicha kafedra o‘qituvchilari tomonidan darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratilgan. Kafedra o‘qituvchilari tomonidan magistratura mutaxassisliklari va bakalavriat yo‘nalishlari bitiruvchilariga hamda o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini o‘tuvchilariga xavfsizlik bo‘yicha yo‘riqnomalar beriladi.

Institutda 2001 yildan «Hayot faoliyati xavfsizligi» bakalavriat yo‘nalishiga talabalar qabul qilish boshlangan. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha 200 dan ortiq bakalavrlar tamomlagan bo‘lib, ular Respublikamizning turli xil tarmoqlarida faoliyat olib bormoqdalar:

- Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) tizimida;

- Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimida;

- Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimida;

- Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi kasb hunar kollejlarida.

Gidromeliorativ ishlarni mexanizatsiyalash fakulteti O'qitiladigan fanlar Ilmiy ishlar Tadqiqotchilar Hamkorlar Kafedra xodimlari To'garaklar Dars jadvali Aloqalar