O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2022-yil 7-may kuni o‘tkazilgan xalq ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligiga bag‘ishlangan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida bildirilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Universitet tomonidan “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasiga Toshkent viloyati Piskent tumani XTB tasarrufidagi 62-sonli maktab biriktirilgan.
Universitetimiz kafedra professor-o‘qituvchilari joriy yilning 7-may kuni Piskent tumanida joylashgan 62-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurishdi. Kafedramiz a’zolariga shaxsan maktab direktori bilan hamrohlik qildi va bugungi kunda maktabda pedagoglar faoliyati hamda maktabning moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishtirdi. Jumladan, maktab 240 o‘ringa mo‘ljallangan maktabda tahsil olib kelmoqda.
Bundan tashqari kafedra professor-o‘qituvchilari va maktab bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida ularning qiziqishlari hamda kelajak rejalari haqida erkin savol-javob tarzida suhbat o‘tkazildi. Tashrif jarayonida o’quvchilarga Universitetda mavjud yo’nalishlar bilan yaqindan tanishtirildi. Maktab va kafedra o‘rtasida maktabda taʼlim sifati hamda o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish va metodik qo‘llab-quvvatlash uchun hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” belgilangan ishlarni, vazifalarning bajarilishi doimiy nazoratda bo‘lishi kelishib olindi.