GIM fakulteti GIM kafedrasi dotsenti S.Vafoyev hamda stajyor-o‘qituvchisi S.Xolovalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan “Yangilanayotgan O‘zbekistonga yangi avlod kadrlari” sobiq “Umid” jamg‘armasi bitiruvchilarining birinchi Xalqaro konferensiyasida Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar sho‘basida faol ishtirok etishdi.
Dastlab konferensiyaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, kunning ikkinchi yarmida sho‘balar bo‘yicha taqdimotlar boshlandi. “Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar” sho‘basida Qishloq xo‘jaligi vaziri J.Xodjaev moderatorlik qildi. Taqdimotlar savol-javobga boy bo‘ldi. Institutimiz o‘qituvchilari suv tejamkor texnologiya bo‘yicha o‘zlarining innovatsion loyihalarini taqdim etishdi va tashabbusni qo‘lga olishdi.