El-yurtini sevgan, uning taraqqiyoti va farovonligi uchun sidqidildan xizmat qilgan farzandlarni tarix ham siylaydi. Xalqimizning tinch, toʻkin va barqaror hayoti, yorugʻ kelajagi yoʻlida kurashgan insonlar nomi haqli ravishda abadiyatga daxldordir. Bugun belgilangan reja-jadval asosida “Gidromelirativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakulteti professor-oʻqituvchilar va talabalar jamoasi Adiblar xiyobonida oʻzbek xalqining buyuk adibi Abdulla Oripov siymosi aks etgan haykal qoshida jam boʻlishdi.
“Gidromelirativ ishlarni mexanizatsiyalash” fakultetining dekani B.Norov boshchiligida professor-oʻqituvchilar, tyutorlar va faol talabalar ishtirokida adabiy, maʼnaviy-maʼrifiy davra suhbati oʻtkazildi. Oʻzbekiston qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri, Oʻzbekiston Davlat madhiyasi matnining muallifi, oʻzbek sheʻriyatida yangi poetik tafakkurning qaror topishi yoʻlida ijod qilgan shoir Abdulla Oripov ijodiy va hayotiy faoliyatini yana bir bor yod etishdi.
GIM fakulteti yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari O.Roʻzibayev axboroti