2019 yilning 20 noyabrida O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasida, aniqrog‘i, Anqarada Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti "Gumanitar fanlar" kafedrasi mudiri, tarix fanlari doktori, professor O‘ljayeva Shohista Mamajonovna bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘zbek diplomatiyasi tarixi, Amir Temurning Anatoliyaga yurishi, Temuriylar va Usmonlilar imperiyalari o‘rtasidagi munosabatlar haqida fanda yangi topilgan ma’lumotlar to‘g‘risida fikr almashinildi. Muhtaram olimaga Temuriylar diplomatiyasiga oid Turkiya Davlat arxividan topilgan yangi tarixiy hujjatlardan birining maxsus tayyorlangan nusxasi topshirildi. Bu borada hamkorlikni davom ettirish haqida kelishib olindi.