Ingliz tili kurslarida o’qishni xoxlovchilar diqqatiga!

Institutda amalga oshirilayotgan “Xorijiy univеrsitеtlardagi innovatsion yechimlarni joriy etish orqali qishloq хo’jaligida muhandis kadrlarni tayyorlash dasturlarini takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etiladigan Pre-intermediate darajali ingliz tili kurslariga professor o’qituvchilar va magistrantlar taklif etiladi. Kurslardagi tinglovchilar soni chegaralangan. Kurslarda ingliz tilini o’rganishni xoxlovchilar aif-agr-eng@tiiame.uz elektron pochtasi yoki 97 343 3437 telefon raqami orqali bog’lanib kursga yozilishlari yoki kurs haqida qo’shimcha malumotlar olishlari mumkin. Darslarni onlayn shaklda 9 noyabrdan boshlash rejalashtirilgan (mashg’ulotlar xaftasiga 3 marta 2 soatdan 8 hafta davomida o’tiladi). Kurslarda o’qish bilan bog’liq xarajatlar loyiha tomonidan qoplanadi.