Buyurtmachi tashkilotlar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI (http://agro.uz/uz/)

· Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasi

· Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi

 

            Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.

            Vazirlik qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi, o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek o‘z tasarrufidagi respublika organlari va hududiy organlar orqali hal etadi.
            Qishloq xo‘jaligini zamonaviylashtirish va barqaror rivojlantirishga qaratilgan yagona agrotexnika siyosatini amalga oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni takomillashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi tarmoqlariga joriy etish, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor prinsiplari va mexanizmlari asosida xizmat ko‘rsatayotgan tarmoqlar, bo‘g‘inlar va tuzilmalar faoliyatini muvofiqlashtirish, agrar sektorda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ijara munosabatlarini, oila pudratini, fermer xo‘jaliklarini keng rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish, qishloq xo‘jaligini yuritishni va qishloq xo‘jaligi ekinlarini navlar bo‘yicha joylashtirishni takomillashtirishga doir tavsiyalar ishlab chiqish, seleksiya, urug‘chilik, naslchilik ishlari, veterinariya, o‘simliklar karantini sohasida davlat siyosatini olib borish hamda chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, irrigatsiya tizimlarini havzalar bo‘yicha boshqarish prinsiplari asosida yer usti suv resurslarining davlat boshqaruvini amalga oshirish va barcha darajalarda suvdan foydalanishning va suv iste’molining bozor prinsiplarini joriy etish, davlat suv xo‘jaligi tizimidan foydalanilishini va uning zamonaviylashtirilishini ta’minlash, ilgaridan sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va yangi yerlarni o‘zlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligida investitsiya siyosatini ishlab chiqishda qatnashish, yer va suv resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, o‘rmon xo‘jaligidan foydalanish, uni qo‘riqlash, himoya qilish va rivojlantirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, o‘ziga qarashli tashkilotlar va korxonalarni ilmiy-texnik va axborot bilan ta’minlash, qishloq, suv va o‘rmon xo‘jaligi rahbarlari va mutaxassislarini o‘qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, qishloq xo‘jaligida o‘simliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish, o‘simliklar kasalliklarining oldini olish va qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga, begona o‘tlarga va chigirtkaga qarshi kurashish bo‘yicha yagona texnika va texnologiya siyosatini o‘tkazish vazirlikning vazifalari hisoblanadi.

O‘ZMELIOMAShLIZING” DAVLAT LIZING KOMPANIYaSI (http://uzmml.uz/uz)

            “O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-dekabrdagi 266-sonli “O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tashkil etilgan bo‘lib, kompaniyaning asosiy vazifasi etib sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi suv xo‘jaligi qurilish va foydalanish tashkilotlariga, shuningdek suvdan foydalanuvchilar uyushmalariga va fermer xo‘jaliklariga ularning topshirig‘iga ko‘ra xarid qilinadigan melioratsiya texnikasi, mashinalari va boshqa mexanizatsiyalash vositalarini lizingga berish belgilangan.

            O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi “Melioratsiya va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashtirilgan davlat unitar korxonalarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 92-sonli qarori asosida tashkil etilgan 48 ta davlat unitar korxonalari hamda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi suv xo‘jaligi tashkilotlariga zamonaviy melioratsiya texnikalari yetkazib berilgan.

            Kompaniyaning asosiy funksiyasi - mulkchilik shaklidan qat’iy nazar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning texnikalari bazasini yangilash maqsadida zamonaviy melioratsiya va boshqa texnikalar, mashina va mexanizmlar hamda asbob-uskunalarni lizing asosida yetkazib berilishini ta’minlash hisoblanadi. Bunda, asosiy ustuvorlik sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash faoliyati va boshqa suv xo‘jaligi ishlari bilan shug‘ullanuvchi suv xo‘jaligi qurilish va foydalanish tashkilotlariga qaratiladi.

            "Meliomashlizingservis" sho‘ba korxonasi – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  № 01-03-40 sonli postanovleniya asosan  “O‘zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi qoshida tashkil etilgan. Uning vazfasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi korxonalarga lizing asosida yetkazib berilgan qishloq xo‘jaligi, meliorativ texnikalar va mexanizmlarga texnik servis ko‘rsatishdan iborat.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYaTLAR VAZIRLIGI (https://www.fvv.uz)

            O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to‘g‘risida» 1996 yil 4 martdagi PF-1378-son Farmoniga muvofiq tashkil qilingan.

“SUVMASh” AJ (http://www.suvmash.uz )

«SUVMASh» AJ 1971 yil 1 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligining №53 sonli buyrug‘iga asosan tashkil qilingan bo‘lib ilgarigi nomi Ixtisoslashtirilgan ta’mirlash ishlab chiqarish tajriba korxonasi markaziy bazasi bo‘lib, 1997 yil 7 mayda korxona rahbariyatining tashabbusi hamda Toshkent shaxar Bektemir tuman Xokimining №242 sonli qaroriga asosan qayta ro‘yxatdan o‘tib,  SUVMASh – nasos va elektrmashinalarini ishlab chiqarish va ta’mirlash zavodi nomi berildi.

Korxona, O‘zbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv xo‘jaligining aloqa, telemexanika, avtomatika sohalarida nasos stansiyalaridan foydalanish zaruriyati asosida tashkil qilingan bo‘lib, nasos stansiyalarining nasos, elektrotexnik va gidrotexnik asbob uskunalarini, tik quduq tizimlarini kapital, o‘rta va joriy ta’mirlash ishlari, elektrnasos agregatlarini tayyorlash, burg‘ilangan va oddiy quduqlardan, ariq-zovurlardan suv tortadigan yangi nasoslar va elektr nasoslar yaratish, parmalangan quduqlar va quduqlardan suv tortish, sizot suvlari sathini pasaytirish, shahar va qishloq suv ta’minoti, daryolar va suv havzalaridan suv haydash, kommunal xo‘jaligi, qurilish, tog‘-kon qazish va metallurgiya sanoati uchun mo‘ljallangan nasos kuchlanish uskunalari ishlab chiqarish va ta’mirlashga, hamda qurilayotgan sanoat va fuqarolik qurilishi ob’ektlarini metallkonstruksiyalari, nostandart uskunalar va texnik qurilmalar bilan ta’minlashga mo‘ljallangan.
 

“O‘ZAGROTEXSANOATXOLDING” AKSIONERLIK JAMIYaTI (http://ru.agroleasing.uz)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17 noyabr 2016 yildagi qaroriga asoan “O‘zagrotexsanoatxolding” aksionerlik jamiyati tashkil qilingan va u qishloq xo‘jaligi texnikalarni ishlab chiqarish, sotish va servis xizmati, shu jumladan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya xizmatini ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan. Uning tarkibiga quyida hissadorlik jamiyatlari kiritilgan:

«O‘zagrotexmash» - qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi faoliyatini tashkil qilish:

«O‘zagrolizing» - lizing asosida qishloq xo‘jalik texnikalarini yetkazib berish:

«O‘zagroservis» - qishloq xo‘jaligi texnikalariga servis xizmati va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya xizmatini ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan.