Xotira va Qadrlash kuniga

2018 yil 5 may kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahri Yumaloq qo‘rg‘oni Ramazon ko‘chasi 43 - uyda istiqomat qilgan, o‘z harbiy xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda halok bo‘lgan kichik serjant Saidazimov Janibek Umaralievichning xonadoniga tashrif uyushtirildi. Marhum J.Saidazimovning xonadonida otasi Saidazimov Umarali hamda onasi Saidazimova Akjarkanlar bilan Ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha  prorektor Q. Shavazov va Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi F.Irisov, Harbiy kafedra ofitserlari va QXM fakulteti ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari I.Raximovlar uchrashib, ularga “9 may - Xotira va qadrlash kuni” bayrami  munosabati bilan sovg‘a – salomlar topshirildi.

Ushbu tashriflar davomida bir piyola choy ustidagi suhbatlarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning «Hech shubhasiz, Vatan oldidagi burchini ado etish chog‘ida yurtimiz ozodligi, xalqimizning bugungi tinch va osoyishta hayotini ta’minlash yo‘lida halok bo‘lgan mard va jasur o‘g‘lonlarimizning aziz xotirasiga ehtirom ko‘rsatish biz uchun ham farz, ham qarzdir», degan fikrlari ularga kuch bag‘ishlab, ertangi kun, farzandlar kelajagiga ishonch bilan yashashga undayotganligiga yana bir bor amin bo‘ldik.

  

Harbiy xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda halok bo‘lgan kichik serjant Janibek Saidazimov xonadoniga tashrifdan fotolavha

2018 yil 6 may kuni institutning Ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo‘yicha  prorektor Q. Shavazov, GIM fakulteti dekani B.Norov va Harbiy kafedra ofitserlari Toshkent viloyati, Parkent tumani, Olimjon Yunusov ko‘chasida istiqomat qiluvchi Afg‘onistonda harbiy xizmatda halok bo‘lgan TIQXMMI sobiq talabasi Olimjon Yunusovning xonadoniga tashrif uyushtirishdi.

Marhum Olimjon Yunusovning otasi Sobirjon Yunusov “9 may - Xotira va qadrlash kuni” bayrami  munosabati bilan tabriklandi va ularga sovg‘a - salomlar taqdim etildi.

  

Afg‘onistonda harbiy xizmatda halok bo‘lgan Olimjon Yunusov xonadoniga tashrifdan fotolavha