Xalqaro talabalar kunida

O’zining jo’shqinlik va taassurotlarga boyligi bilan ajralib turadigan palla bu talabalik davridir. Orzular, reja va oliy maqsadlar o’sha davrda shakllanadi. 2 - TTJ da tarbiyachi-pedagog, psixolog Sagdullayeva Dilorom va Yoshlar Ittifoqi raisi Akmal Berdimurodov tashabbuslari bilan Xalqaro talabalar kuni munosabati "Talabalik - oltin davrim" mavzusida  Talabalar yotoqxonasining hovlisida konsert dasturi bo'lib  o'tdi. "Yillar" guruhi va “GIM” fakulteti  2 - kurs talabasi Karimov Tolib kuy qo'shiqlari bilan davraga fayz kiritishdi. Talabalarni Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor Shavazov Qodirjon  bayram bilan tabrikladi. Tadbir  talabalar hayotida quvonchli kun bo'lib qoldi

Tarbiyachi- pedagog, psixolog Sagdullayeva Dilorom axboroti

Institut Matbuot kotibi Rahimboy Jumaniyozov